Bobobek (hokim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bobobek (18331898.15.7, Toshkent) — Shahrisabz hokimi (1865— 70), kenagas urugʻining achamayli aymogʻidan. Otasi Hakimbek vafotidan soʻng (1865) Shahrisabz begi etib saylangan. B. va Kitob begi Joʻrabeklar oʻzaro ittifoq tuzib, Buxoro amirligidan ajralib chiqish uchun kurashganlar. Ular ruslar tomonidan bosib olingan Samarqand hisorini 1868 yil yozida qamal qilishda Samarqand aholisiga yordam berishgan. Zarafshonning yuqori qismida joylashgan Qoʻshtut tumanini ruslardan himoya qilishda jonbozlik koʻrsatishgan. Amir Muzaffar bilan oʻzaro bitim tuzgan general K. P. Kaufman qaysar beklarni tormor qilish uchun 1870 yil 11 avg .da general Abramov boshchiligida Shahrisabz va Kitobga rus qoʻshinlarini joʻnatgan. Shahrisabz va Kitob aholisi yaxshi qurollangan rus qoʻshinlariga qarshi toʻrt kun qattiq qarshilik koʻrsatganlaridan soʻng yengilganlar. B. va Joʻrabek oz sonli qoʻshinlari (200 kishiga yaqin) bilan Zarafshonning yuqori oqimida joylashgan togʻlarga chekinganlar. U yerda Qoʻqon xonligi qoʻshinlari tomonidan asir olinib, Xudoyorxonnint topshirigʻi bilan Toshkentga, K. P. Kaufman ixtiyoriga joʻnatilgan. Beklarning Xudoyorxonga nisbatan adovatidan ustomonlik bilan foydalangan Kaufman ularni harbiy xizmatga olib, Qoʻqon xonligini uzilkesil bosib olish maqsadida uyushtirilgan 1875—76 yillardagi harbiy yurishga jalb etgan. Mana shu yurishda koʻrsatgan xizmatlari uchun B. mayor, Joʻrabek podpolkovnik harbiy unvoni bilan takdirlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil