Bobo Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Bobo Xoʻjayev (15-iyun 1916 Toshkent — 3-yanvar 1993) —aktyor, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1930). 1930—32 yillar Buxoro teatrida aktyor va rejissyor 1932—56 yillarda respublikaning turli teatrlarida ishlagan. 1956—77 yillar Oʻzbekiston televideniyesida rejissyor. Aktyor sifatida Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Kalaf ("Malikai Turandot"), Karl Moor ("Qaroqchilar") kabi obrazlar yaratgan. "Uylanish" (N. Gogol), "Hamlet" (U. Shekspir; M. Uygʻur bilan hamkorliqsa), "Farhod va Shirin" (Xurshid), "Gulsara" (K. Yashin), "Maysaraning ishi" (Hamza; M. Miroqilov bilan hamkorlikda), "Skapenning nayranglari" (Molyer), "Front" (A. Korneychuk) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil