Kontent qismiga oʻtish

Bobo mirak qoʻzgʻoloni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bobo Mirak Qo'zg'olonidan yoʻnaltirildi)

Bobo mirak qoʻzgʻoloni — Buxoro xonligida shayboniylarta qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (16-asr 40- yillari). Yirik yer egalari. viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga boʻysunmasliklari natijasida Buxoro xonligidan ayrim viloyatlar (Balx, Samarqand) qatori kichik shaharlar ham ajralib chiqa boshlagan. Qarshi viloyatining Koson shahrida joʻybor xoʻjalari Abul Baqoning togʻasi Bobo Mirak umumxalq qoʻzgʻoloniga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan. Qoʻzgʻolon shu qadar kuchli tus olganki, birinchidan, unga qarshi barcha shayboniy xonlar va sultonlar jam boʻlib otlanishgan, ikkinchidan, qoʻzgʻolonchilar va shayboniylar qushini oʻrtasidagi kurash uch oy davom etgan. Nihoyat, shayboniylar ustun kelib kosonliklarning qarshiligini sindirishgan, ular shaharga bostirib kirib aholini qatli om qilishgan, Bobo Mirak qoʻlga olinib azoblab qatl etilgan[1].

  1. "Bobo mirak qoʻzgʻoloni" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Axmedov B., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985, s. 180.