Boʻzurg Alaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boʻzurg Alaviy (1904.2.2, Tehron 1997.17.2, Berlin) – Eron yozuvchisi. Germaniyada taʼlim olgan. Dastlabki hikoyalar toʻplami "Chamadon" 1935 yilda nashr etilgan. 1936 yilda ijtimoiy gʻoyalarni targʻib qilishda ayblanib, qamalgan. 50- yillarning oxirlaridan B. A. Germaniyada yashab, Berlin untida dars bergan. "Hibsxona kundaliklari" (1941) hikoyalar toʻplami va "Ellik uch nafar" (1942) nomli qissasida siyosiy mahbuslar kurashi tasvirlangan. "Maktublar" (1951) hikoyalar toʻplami uchun Jahon tinchlik kengashining oltin medali bilan taqdirlangan (1953). "Uning koʻzlari" (1952) romani Eron demokratik kuchlarining monarxiyaga qarshi kurashi tasviriga bagʻishlangan. Oʻtkir ijtimoiy va dolzarb siyosiy mavzudagi "Dohiylar" (1978), "Chumolilar uyasi" (1989) ocherklari bor. A. P. Chexov, M. Gorkiy, F. Shiller, B. Shou va boshqalarning ayrim asarlarini fors tiliga tarjima qilgan. B. A. Oʻzbekistonda boʻlib, Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi tantanasida ishtirok etgan (Toshkent, 1948). "Oʻzbeklar" nomli esdaliklar yozgan (1950). "Uning koʻzlari" romani Ahmadjon Quronbekov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1982).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil