Boʻza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BOʻZA — tariq, oqshoq, arpa, suli va bugʻdoy kabi donlardan tayyorlanadigan, kayf beradigan ichimlik. Oʻrta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan buyon B. tayyorlagan. Maye, tarikdan quyidagi usudda B. tayyorlangan: tariq ivitilib, xaltaga solinadi va issiq joyga (koʻpincha kepakka koʻmib) qoʻyiladi. Tariq dimlanib yetilgach, maysalagach, oʻgʻirda yanchiladi, keyin xumga solib achitiladi va dokadan oʻtkazilib boshqa idishga solinadi, tingach, ichishga tayyor boʻladi. Toʻyimli va foydali chanqovbosar ichimlik hisoblanadi. Tarkibida 4—6% etil spirta, oqsil, yogʻ, vitaminlar, mineral moddalar bor. Bolqon mamlakatlari, Kavkaz, Turkmaniston, Qirgʻizistonda sanoat usulida ishlab chiqariladi va koʻp isteʼmol qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil