Boʻyoq purkagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BOʻYOQ PURKAGICH — turli sirtlarni boʻyash, oʻsimlik va daraxtlarga dori sepish uchun moʻljallangan apparat. Dastaki va elektr xillari bor. Dastaki Boʻyoq purkagich suyuq boʻyoq (yoki dori) quyiladigan metall idish (ballon) 2, qoʻl nasosi /, egiluvchan shlanglar 4, suzgichli soʻrish voronkasi 3 hamda purkaydigan forsunkali qarmoqsimon nay 5 dan iborat (rasm). Nasos hosil qilgan bosim ostida suyuqlik shlanglar orqali forsunkaga oʻtadi, undan sirtlarga (mas, devorga) purkaladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil