Kontent qismiga oʻtish

Boʻstonbuva tabiat yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boʻstonbuva tabiat yodgorligiOʻzbekistonning Fargʻona viloyati Buvayda tumanida joylashgan tepaliklar majmui[1]. 4 ta qumtepalikdan iborat. Buvayda tumani hokimligining 2003-yil 23-maydagi 288-qaroriga asosan tumandagi „Yangi hayot“ shirkat xoʻjaligining 3 ta hududidagi jami 8,5 gektar maydondagi qumtepaliklarga muhofaza etiluvchi tabiiy hudud maqomi berilgan. Hozirgi jami yer maydoni — 2,9 gektar.

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.