Boʻron Roʻziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boʻron Roʻziyev (1941, Qiziltepa tumani Vangazi qishlogʻi) — gaz koni operatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1995). 1962—64 yillarda turli tashkilotlarda ishchi. 1964— 72 yillarda "Buxoroburgʻineft" va "Qashqadaryogaz" boshqarmalarida burgʻi ustasi yordamchisi, neft va gaz konlari operatori. 1972-yildan hozirgigacha "Muborakgaz" gaz konlari boshqarmasiga qarashli Muborak gaz konida neft va gaz qazib olish boʻyicha operator. U Muborak, Shoʻrtepa, Shimoliy Maymanak gaz va neft konlaridagi neft quduqlarini ishga tushirish va oʻzlashtirishda, konlarda yangi texnikani joriy etishda, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlash uchun kurashda jonbozlik koʻrsatgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil