Blokkontakt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blokkontakt — avtomatik boshqarish tizimi (sistemasi) elektr apparatlari, relelari va kontaktlarida qoʻllaniladigan va kichik qiymatli boshqarish toklariga moʻljallangan elektr kontakt. Blokkontakt zanjirining toksiz normal holatida ochiq yoki berk koʻrinishlarda tayyorlanadi, belgilangan vazifalarga binoan ularning soni turlicha boʻlishi mumkin. Maye, asinxron dvigatelni oʻng va chap tomonlarga aylantirib ishga tushiradigan ikkita kontaktning har birida bir juft ochiq va berk Blokkontakt lar boʻlishi kerak. Oʻng kontaktor gʻaltagi ulangan zanjirga chap kontaktorning normal berk, chap kontaktornikiga oʻng kontaktorning normal berk Blokkontakt lari ketmaket ulanib, bosh zanjirda oʻta xavfli kiska tutashish toki sodir boʻlishining oldini oladi. Yoki dvigatelni oʻng va chap tomonlarga aylantirish uchun tegishli tugmachalar bosiladi. Blokkontakt lardan avtomatik boshqarish va himoyalashda foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil