Blastomikoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blastomikoz — hayvonlarning teri va ichki organlarida uchraydigan surunkali kasallik. Asosan, itlar, baʼzan otlarda uchraydi, odamga ham yuqishi mumkin. Kasallikni achitqi zamburugʻlari (Blastomyces dermatitidis) paydo qiladi. Zamburugʻ, asosan hayvonning soʻlagi, yiringi orqali tarqaladi. B. bilan kasallangan hayvonlar, shuningdek bemorlar terisida va teri ostida qizil dogʻ va pufakchalar, yara va shishlar paydo boʻladi, hayvonlarda oʻpka, suyak, boʻgʻim, miya va boshqa organlar ham shikastlanadi, nafas qisadi, ishtaha boʻgiladi, hayvon oriqlaydi. Kasallik klinik belgilarga, teri va boshqa organlarda roʻy bergan oʻzgarishlar tabiatiga va mikroskopda tekshirish natijalariga qarab aniqlanadi. Kasallik tarqalishining oldini olish uchun sanitariyagigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish, kasal hayvonni yoʻqotish, xonalarni dezinfeksiya qilish zarur.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil