Blanshirlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blanshirlash (frans. blanchir oqartirish, oqarguncha yuvish) — 1) konserva sanoatida hoʻl meva va sabzavotlarning pusti va ustki katlamini yumshatish, rangini saqlash maqsadlarida qaynoq suv (97—98°) yoki bugʻ bilan qisqa muddatli ishlov berish. Bunda sabzavotlarning taxiri yoʻqoladi; sabzi, bulgʻor qalampiri kabi qattiq sabzavotlar va mevalar yumshab, konservalanadigan holga keladi. Mayiz solishda uzum maxsus savatlarda kaynoq suvga botirib olinadi. B. maxsus mashinada yoki katta qozonlarda bajariladi; 2) koʻn sanoatida terining ichki tomonini mashinada qisman yoki butunlay qirish; 3) pazan dachilikda masalliqni bugʻlash yoki qaynoq suvga botirib olish.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil