Biybiaysha Aymuhammedova va Shiyrin Atamuratova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biybiaysha Aymuxammedova – mustaqillikdan avvalgi dastlabki qoraqalpoq yozuvchi ayollaridan. U 1953-yili Turkmanistonning Toshhovuz viloyatining Gurganj tumanida tug`ilgan. 1974-yili Qoraqalpoq davlat pedagogik institutining (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti) qoraqalpoq tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat yo`lini Xo`jayli , Qonliko`l tumanlarida o`qituvchi bo`lib ishlashdan boshlagan. 1977-1979-yillari radio eshittirish komitetida ishlagan. 1979-yildan boshlab 56-son kasb-texnika kollejida o`qituvchi bo`lib ishlaydi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biybiaysha Aymuxammedovaning dastlabki she`rlari respublika , tuman gazetalarida , “Amudaryo” jurnalida chop etilgan. 1978-yili “Shofyor qizning kundaligi” nomli povestini yozadi. Biybiaysha Aymuxammedova 1983-yildan Qoraqalpog`iston Yozuvchilar kengashiga a`zo bo`lgan.[1].

  1. Bekbergenova, Ziyada. {{{title}}}. Toshkent: Extremum press, 2011.