Bivalentlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bivalentlar (lot. bis — ikki marta va valens, valentis — kuchli) — meyozda yadroning boʻlinishi tufayli hosil boʻlib, oʻzaro chalkashgan (konʼyugatsiyalangan) gomologik xromosomalar jufti. B. xromosomalar orasida hosil boʻlgan Xsimon figuralar — xiazmalar xromosomalar kompleksini tutib turadi. Ana shu holatda xromosomalar oʻrtasida irsiy materiallar almashinuvi roʻy beradi. Odatda B. soni xromosomalarning gaploid soniga teng boʻladi. BIGARADIYA,achchiq apelsin, poʻrtaxol (Citrus aurantium L.) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimlik. B.ning vatani — Jan.Sharqiy Osiyo. Kavkazning Qora dengiz boʻyida tarqalgan. B.ning guli yirik, oq, qoʻsh jinsli. Mevasi dumaloq, uchi bir oz yassi, oʻrtacha ogʻirligi 100 — 150 g , qobigʻi qalin, gʻadirbudur, och qizil, goyat xushboʻi, 10 — 20 pallalik, jigarrang , urugʻi koʻp. Mevasi yeyishga yaramaydi, murabbo, kompot qilinadi. Bargidan turli efir moylari olinadi. B. urugʻi va qalamchasidan koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda B. apelsin, limon va mandarin kabi sitrus oʻsimliklar uchun payvandtag sifatida ishlatiladi yoki manzarali daraxt sifatida tuvaklarda oʻstiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil