Bitta oilada bitta farzand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bitta oilaga — bitta farzand siyosati (yoki Bir oilaga — bir farzand) — Xitoyning demografik siyosati hisoblanadi. Xitoy 1970-yillardanoq oiladagi farzandlar sonini cheklashni qonuniy yoʻl bilan boshlagandi. Bu qarorga mamlakatdagi koʻp sonli odamlarga suv va elektr resurslari yetmayotganligi sabab boʻlgan edi. Bugungi kunga kelib Xitoyda bir ayoldan umri davomida tugʻilgan bolalarning oʻrtacha soni 5.8 dan 1.8 ga tushdi. 2015-yilda oktabr oyining oxiriga kelib, Xitoy Xalq Respublikasi ushbu qonunni bekor qildi va bir oilaga ikki bola siyosatini yoʻlga qoʻydi[1].

Manbalar[tahrir]