Bismutit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bismutit (vismutit) — vismut oksikarbonati guruhiga oid mineral. Kimyoviy tarkibi Bi2|CO3]O2. Tetragonal sistemada kristallanadi. Kukunsimon massa holida, baʼzan tolalardan tuzilgan poʻstloqsimon boʻladi. Rangi kul rangsimon oqishroq, yashilsariqdan qoʻngʻir va kul ranggacha; qattiqligi 3—3,7; s. ogʻ. 7,4—8,3; oson eriydi. Konlarda vismutin va sof (tugma) vismutning karbonatli eritmalar taʼsirida oksidlanishidan hosil boʻladi. Kvars, topaz, arsenopirit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda (Chatqol, Nurota togʻlarida va Qizilqumda), Qozogʻiston, RF (Zabaykalye), Chexiya va Slovakiyada, Germaniya sharqida, Meksika, AQSH va boshqa mamlakatlarda uchraydi. B. vismut elementi olinadigan muhim xom ashyo.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil