Kontent qismiga oʻtish

Bismilloh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bismilloh (xattotlik yozuvi)

Bismilloh (arabcha: بِسْمِ ٱللَّٰهِ‎), Bismillohir rahmonir rahim (arabcha: بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ‎ — „Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan“; diniy manbalarda „basmala“ nomi bilan ham yuritiladi) — islomda koʻp tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan aytiladigan oyat.

Qurʼonning hamma suralari (9-suradan tashqari) shu kalima bilan boshlanadi. Bu oyat xudo bandalariga rahmli (rahim), mehribon (rahmon), musulmonning har bir harakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi.

Qurʼon tilovatida bismilloh oldidan „Aʼuzu billohi minashshaytonir rajim“ (arabcha: أعوذ بالله من الشيطان الرجيم‎ — „Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman“) ham qoʻshib aytiladi. Buni har qanday ish va xatti-harakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli boʻlish mazmunida ham talqin etadilar va albatta jannatga yoʻlning dastlabki amallaridan biridir. Bismilloh maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham yoziladi[1].

  1. „Bismilloh“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.