Birmingem (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Birmingem (Birmingham) - AQSH jandagi shahar. Alabama shtatida. Appalachi togʻlarining etagida joylashgan. Aholisi 266 ming kishi (1990). BlekUorrior daryosiga tutashgan kema qatnaydigan kanaldagi port. Birmingem (shahar) va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. B. AQSH jan. dagi kora metallurgiya sanoatining muhim markazi. Asosiy metallurgiya zavodlari shahar atrofida joylashgan. B. atrofida temir rudasi, kokslanuvchi kumir va flyus materiallar qazib chiqariladi. Ogʻir mashinasozlik, kokskimyo, sement, tuqimachilik, oziq-ovqat, ip gazlama, poligrafiya, mebel ishlab chiqarish sanoati va harbiy sanoat rivojlangan. B.ga 1871-yilda asos solingan. 2 universitet bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil