Kontent qismiga oʻtish

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turi Birlashgan Millatlar Tashkiloti guruhi
Ishga tushgan sanasi 1997-yil.27 yil oldin
Bosh kotib Amina J. Mohammed
Vebsayti www.unsdg.un.org

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi (UNSDG) (inglizcha: United Nations Sustainable Development Group), ilgari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Guruhi deb nomlangan boʻlib, 36 ta Birlashgan Millatlar Tashkilotining jamgʻarmalar, dasturlar, maxsus agentliklar, boʻlinmalar va idoralarining guruhi hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining rivojlanish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Uning strategik ustuvor yoʻnalishlari 2008-yilda Toʻrt yillik keng qamrovli siyosat aylangan Uch yillik keng qamrovli siyosat sharhiga javob boʻluvchi shuningdek, BMT rivojlanish tizimining izchilligini oshirishdan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkilotining strategik ustuvor yoʻnalishlari ularning sifati va taʼsirini bosqichma-bosqich oʻzgartirishga koʻmaklashish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi aʼzolarini global, mintaqaviy va mamlakat darajadagi saʼy-harakatlariga yoʻnalish beradi[1]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi (oʻsha paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Guruhi) Barqaror rivojlanish maqsadlarini yaratishga olib keladigan 2015-yildan keyingi Rivojlanish Kun Tartibini ishlab chiqishda ishtirok etgan BMTning asosiy ishtirokchilaridan biri edi[2]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Guruhi 2018-yilning yanvarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi deb qayta nomlandi[3].

1997-yilga kelib, Birlashgan Millatlar Tashkilotida rivojlanish masalalari boʻyicha ishlayotgan barcha BMT agentliklarini birlashtirishga chaqiriqlar boʻldi. Oʻsha paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining koʻplab Taraqqiyot Dasturlari, Jamgʻarmalari va Ixtisoslashgan Agentliklari bir-birining faoliyatiga aralashar edi[4][5][6]. Bu, ayniqsa, Yagona yetkazib berish – BMT agentligining tashabbusi bilan sodir boʻldi. Dastlabki taklif UNICEF, Jahon oziq-ovqat dasturi va Jahon aholishunoslik jamgʻarmalarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhiga birlashtirish edi. Nihoyat, oʻsha paytdagi Bosh kotib Kofi Annan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Guruhini shakllantirish ustida ishladi va Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturlari maʼmuri James Spethning olqishiga sazovor boʻldi.

2018-yilning may oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Guruhi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi nomi ostida qayta tashkil etildi[7].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi tashkilot oldida turgan turli xil boshqaruv muammolariga yechim topadigan hamda hamkorlik qiladigan BMT Tizimidagi Bosh Ijroiya Kengashining uchta ustunidan biri. BMT Tizimi Bosh Ijroiya Kengashi Bosh kotibi BMT tashkilotlarining ijrochi rahbarlarini muntazam ravishda birgalikda ishlashga undaydi. BMT Tizimi Bosh Ijroiya Kengashi tuzilmasi maʼmuriy va boshqaruv masalalari boʻyicha ishlaydi. Oliy Qoʻmita siyosatning global masalalarini koʻrib chiqadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Guruhi esa mamlakat darajasidagi operatsion faoliyat bilan shugʻullanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi maʼmuri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhiga raislik qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi Raisi Bosh kotibga ish rejasini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar va Rezident muvofiqlashtiruvchilar tizimini boshqarish toʻgʻrisida hisobotlarni beradi[8].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi faoliyatini nazorat qiladi va vakolatlar beradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi Bosh Assambleyaning Iqtisodiy va Moliya Qoʻmitasi (Ikkinchi qoʻmita) tomonidan nazorat qilinadi. BMTning Barqaror Rivojlanish Guruhi Bosh Assambleyaga 2006-yil uchun BMT tizimini rivojlantirish boʻyicha operativ faoliyatni moliyalashtirishning keng qamrovli statistik tahlili va 2007-yil uchun BMT tizimini rivojlantirish boʻyicha operativ faoliyatni moliyalashtirishning kompleks statistik tahlili kabi hisobotlarni taqdim etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi raisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi maʼmuri hisoblanadi. Tashkil etilganidan buyon quyidagi insonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhiga raislik qildilar:

  • Qoʻshma Shtatlar James Speth (1997–1999)
  • Birlashgan Qirollik Mark Malloch Brown (1999–2005)
  • Turkiya Kemal Derviş (2005–2009)
  • Yangi Zelandiya Helen Clark (2009–2017)
  • Braziliya Achim Steiner (2017–)

Rivojlanishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish faoliyatlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi BMT Barqaror Rivojlanish Guruhining asosiy tarkibiy qismi boʻlib, uni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga yaxshilashga olib keladi. U 1997-yilda BMT Barqaror Rivojlanish Guruhining asosiy qismi boʻlib, BMT tizimini birlashtirgan va rivojlanishga koʻrsatilayotgan yordam sifatini oshirgan. Muvofiqlashtirish BMTning milliy rejalar va ustuvorliklarni yanada strategik qoʻllab-quvvatlashiga olib keladi, faoliyatni yanada samaraliroq qiladi, hukumatlar uchun tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi va pirovardida odamlarga Mingyillik rivojlanish maqsadlari va boshqa xalqaro miqyosdagi rivojlanish maqsadlariga yordam beradi. Ayni paytda u BMT Barqaror Rivojlanish Guruhining Kotibiyati hisoblanadi. U barqaror rivojlanishga erishish uchun oʻzgarishlar va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida BMTning rivojlanish tizimini birlashtiradi. BMT Rivojlanish faoliyatlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi BMT Barqaror Rivojlanish Guruhi raisi rahbarligida ishlaydi. Jamoa ayni bir sohadagi dalillarini oʻrganib chiqadi hamda taqdim etadi, umumiy natijalarga erishishga yordam beradi va BMT yetakchiligi va muvofiqlashtirishda mukammallikni targʻib qiladi. Asosiy maqsad – rivojlanishda BMTning hissasisini oshirish[9].

  1. „Archived copy“. 2015-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-fevral.
  2. „Archived copy“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  3. Lebada, Anna Marie. „UN Secretary-General Releases Development System Strategy“. IISD (2018-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  4. Stokke, O., 2009, The UN and Development: From Aid to Cooperation, Bloomington and Indianapolis: Indiana University Press, p.403-404
  5. Klingebiel, S., 1998, Effectiveness And Reform of The United Nations Development Programme (UNDP), German Development Institute Book Series No. 13, London: Frank Cass
  6. „UNDG » Delivering as One“. 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-may.
  7. „Youth education“, World Youth Report 2018, UN, 20–33-bet, 2019-01-18, ISBN 978-92-1-363256-7, qaraldi: 2024-07-16
  8. Lopes, Paula Duarte (2016-02-01), „Timor-Leste: Building on Local Governance Structures: Embedding United Nations Peace Efforts from Within“, Post-Liberal Peace Transitions, Edinburgh University Press, ISBN 978-1-4744-0217-0, qaraldi: 2024-07-16
  9. „Globalization, convergence and structural transformation“, United Nations Trade and Development Report, UN, 31–56-bet, 2016-09-23, ISBN 978-92-1-361977-3, qaraldi: 2024-07-16