Bir yuz sakkiz-f

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir yuz sakkiz-f (108-F) -oʻrta tolali gʻoʻza navi. Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Fargona tajriba st-yasida Kuk va 36M2 navlarini tabiiy duragaylash usuli bilan yaratilgan (L. V. Rumshevich, 1940). Oʻzbekistan, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmenistan, Qozogʻistonda rayonlashtirilgan (1947) va hozir ham katta maydonlarda ekiladi. Chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan (Suriya, Xitoy, Eron, Afgoniston va boshqalar). Tupi ixcham, boʻyi 100—105 sm. Bargi oʻrtacha, asosan 5 boʻlmali. Guli oʻrtacha, gulbarglari va changi och sariq. Koʻsagi yirik, asosan 5 chanokdi. Tolasi oq. Bir dona koʻsakdagi paxta vazni 6,7— 7,0 g. 1000 dona chigiti massasi 125— 130 g. Viltga chidamli. Vegetatsiya davri 145—147 kun, 35—36% tola beradi. Bu nav asosida keyinchalik rayonlashtirilgan 20 ga yaqin "F" ("Fargʻona") indeksli gʻoʻza navlari chiqarilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil