Bir tomonlama voz kechish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir tomonlama voz kechish — ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchisining oʻziga qonun hujjati yoki shartnoma boʻyicha tegishli boʻlgan huquqni amalga oshrish yoki majburiyatni bajarishdan voz kechish. Bir tomonlama voz kechish qonun yoʻlga qoʻygan yoki qonunga muvofiq boʻlishi lozim. Quyidagi hollarda bir tomonlama voz kechishga yoʻl qoʻyiladi: a) majburiyat ijrosi qarzdor tomonidan kechiktirilganligi sababli uning kreditor uchun ahamiyati qaralmasa(OʻzR FKning 337-moddasi); b) kreditor tomonidan qarzdorlik majburiyati ijrosini talab qilish huquqidan voz kechishi, biroq bu hol boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquqlarini buzmasligi shart(OʻzR FKning 348-moddasi); v) agar ikki taraflama shartnomada bir taraf oʻzi javobgar boʻlgan vaziyat tufayli uni bajarish mumkin boʻlmay qolsa, ikkinchi taraf shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni undirib olishga haqli(OʻzR FKning 336-moddasi)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopeyasi