Bir nechta jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir nechta jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash — shaxs OʻzR JK Maxsus qismining turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki unda ortiq jinoyat sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud OʻzR JKning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalatga muvofiq, har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yohud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha yakuniy jazo tayinlanishi tushuniladi. Jinoyatlar majmuiga koʻra, jazoni belgilashdan oldin sud jazo tayinlashning asoslariga muvofiq avvalo, har bir jinoyat uchun alohida asosiy va qoʻshimcha jazolarni tayinlashi lozim[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi