Bir mandatli saylov okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir mandatli saylov okrugi — Bir mandatli saylov okrugi (huquqi) deganda, har bir saylov okrugidan bir nomzodning saylanishiga aytiladi. Oʻzbekistonda ham ayrim davlat hokimiyati organlarining shakllantirishda bevosita aynan shu prinsip qoʻllaniladi. Ushbu prinsipga koʻra OʻzR Parlamenti — Oliy Majlis QP, mahalliy kengashlar deputatlarining saylanishini koʻrishimiz mumkin. Unga koʻra, OʻzR Konstitutsiyasining 77-moddasida quyidagi qoida oʻrnatilgan, yaʼni „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QP hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat“. Saylov okrugiga toʻgʻri keladigan saylovchilar normasini bevosita vakolatli saylov komissiyalaru belgilab beradi. Hozirgi kunda juda koʻp mamlakatlarda bir mandatli saylov prinsiplari qoʻllaniladi. Bu haqida OʻzR Kons.ning 117-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi