Bir jinsli boʻlmagan muhitlar optikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bir jinsli boʻlmagan muhitlar optikasi — optikantt sindirish koʻrsatkichi p bir xil boʻlmay, koordinataga bogʻliq ravishda oʻzgaradigan, optik jihatdan bir jinsli boʻlmagan muhitlarda elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish qonunlarini oʻrganadigan boʻlimi. Optik bir jinslilikmuhitning sirtida va hajmida buzilishi mumkin. Fizik tabiatidan qatʼi nazar, bir jinslilikning buzilishi nurning boshlangʻich tarqalish yoʻnalishidan ogʻishiga olib keladi. Turli sindirish koʻrsatkichlariga ega muhitlarni ajratuvchi sirtlarda nurning qaytish va sinish hodisalari yuz beradi. Muhit ichidagi sindirish koʻrsatkichi muhitnikidan farq qiladigan, mikrohajmli bir jinsli boʻlmagan joylarda nurning sochilishi kuzatiladi. Bir jinsli boʻlmagan muhitlarga xira muhitlar kiradi. Bunday muhitlarda bir jinslilik buzilgan joylarning oʻlchamlari, odatda, yorugʻlik toʻlqin uzunligi X dan katta boʻladi.

Bir jinsli boʻlmagan muhitlarga molekulalarning issiklik harakati natijasida kichik hajmlarda muhit zichligi fluktuatsiyalari (tebranishlari) hisobiga shu joydagi sindirish koʻrsatkichining oʻzgarishlari sodir boʻladigan muhitlar ham kiradi. Yorugʻlikni yutmaydigan dielektrik zarralarda boʻladigan nurning sochilish intensivligi (/) X,’ ga mutanosib boʻlib, rzarra oʻlchamining yorugʻlik toʻlqin uzunligiga nisbatiga bogʻliq parametr. OʻlchamlariAdan ancha kichik issiklik (zichlik) fluktuatsiyalari yuz beradigan muhitlarda sochilish intensivligi 1~X~* (Reley qonuni). Oʻlchamlari X dan ancha katta zarralardagi sochilish uchun r ning qiymati nolga yaqin va sochilish intensivligi toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻlmaydi. Bunday hol yorugʻlikning tuman va bulutlarda sochilishida kuzatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bir jinsli boʻlmagan muhitlar optikasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil