Biqin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biqin — gavdaning bir qismi; qorin boʻshligʻining yon devori, serbar muskullar (tashqi va ichki qiyshiq muskullar, koʻndalang muskul), qorin pardadashqaridan teri va teri osti yogʻ qatlamlari va ularning bagʻrida tarqalgan qon tomirlari va nervlardan iborat. B. yuqoridan pastki qovurgʻa ravoqlari, pastdan yonbosh suyagining ustki qirrasi, orqa tomondan — 11 qovurgʻaning uchidan yonbosh suyagiga oʻtkazilgan tik chiziq (belning tashqi chegarasi) va old tomondan qorin toʻgʻri muskulining tashqi qirrasi bilan chegaralangan. B. orqa tomondan belga, old tomondan qorin boʻshligʻining oldingi devoriga ulanib ketadi. B. ichki yuzasining bel tomonida (qorin boʻshligʻida) buyrak, buyrak usti bezi, siydik yoʻllari, qon tomirlari va ichakning bir qismi bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil