Biotip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Biotip (bio... va yun. typos — namuna, nusxa) — mahalliy populyatsiya tarkibiga mansub oʻsimlik turining tashqi koʻrinishi bilan farqlanmaydigan, lekin biologik va fiziologik xususiyatlari boshqacha va oʻzgarmas boʻlgan guruhi. Chetdan changlanuvchi turlar populyatsiyalarida avlodni alohida ajratib qoʻyib takroriy tanlash (qarang Takroriy chatishtirish) bilan yoki bir-biriga yaqin turlarni koʻp martalab chatishtirib (qarang Inbriding) koʻpaytirish yoʻli bilan B. chiqarish mumkin. Baʼzan koʻp turlardan tashkil topgan va muayyan yashash sharoitlaridan foydalanishiga koʻra oʻxshash moslanishlarga ega boʻlgan organizmlarning katta guruhlari ham biologik tiplar yoki xayotiy formalar deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil