Biopolimerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biopolimerlar (bio... va polimerlar) — barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydigan yuqori molekulali tabiiy birikmalar. Nuklein kislotalar, oqsillar va polisaharidlarpk oʻz ichiga oladi. Bulardan tashqari, aralash Biopolimerlar ham boʻlib, ularga nukleoproteid, glikoproteid, lipoproteid, glikolipid, liposaharid va biopolimerlar kiradi. Asosiy B.dan nuklein kislotalar hujayralarda genetik funksiyani bajaradi. Oqsillar hujayralarning eng zarur tarkibiy qismi boʻlib, bir qator muhim funksiyalarni oʻtaydi. Oqsilfermentlar hujayralarda roʻy berayotgan moddalar almashinuvida kimyoviy reaksiyalarni tartib bilan va zarur tezlikda olib boradi. Muskul oqsillari, mikrob xivchinlari va hujayra vorsinkalari qisqarib, kimyoviy energiyani mexanik ishga aylantiradi. Shuning hisobiga organizmlar harakatlanadi. Qon oqsillari kislorod (gemoglobin)nn tashib, organizmni yot oqsillar (uglobulinlar)dan himoya qiladi va qon ivishida ishtirok etadi. Polisaharidlar toʻqimalar tuzilishida ishtirok etib, rezerv B. funksiyasini bajaradi. B.ning tuzilishi—molekulalarning uzok, vaqt davom etgan evolyutsiyasi natijasidir, shuning uchun ular biologik vazifasini toʻla bajarishga moslashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil