Biometriya
Biometriya (bio... va ..metriya)— biol. boʻlimi; biologik obʼyektlarni matematik (variatsion) statistika usullari bilan oʻrganadi. B. asoslari 19-asr oxirida ingliz olimlari F. Galton va K. Pirs asarlarida ifodalab berilgan. B. biologiyannt turli soxalari (botanika, zoologiya, ekologiya, fiziologiya, genetika, mikrobiologiya va boshqalar) hamda agronomiya va zootexnikada nazariy va amaliy masalalarni xal etishda muhim ahamiyatga ega. B. usullari belgilari oʻzgaruvchan harakterda boʻlgan eksperimental maʼlumotlarni ishlab chiqish uchun zarur. Asosan, tanlangan obʼyektlar majmuasi (toʻplamlar)ni hamda turli tanlanma parametrlarini taqqoslashda ishlatiladi. Maye, biologiktoʻplam (tur, zot, nav va boshqalar)ni kuzatishda qayd etilgan belgilar taqsimlanish harakterini oʻrganishda, muayyan belgining populyatsiyaga xos boʻlgan oʻrtacha kursatkichlardan chetlashgan alohida xususiyatini aniklashda; ikki va undan ortiq biologik toʻplamlarni taqqoslash asosida ular oʻrtasidagi tafovutni baholash va boshqalarda ishlatiladi.
Oʻrganilayotgan miqdorlar (mas, hosildorlik bilan uni taʼminlaydigan omillar) oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash va ular oʻrtasidagi (mas, urug ekilgandan to unib chiqqunga qadar ioʻlgan davrda ekinning rivojlanish tezligi bilan shu davrdagi oʻrtacha tra oʻrtasidagi) miqdoriy bogʻliqlikni topishning asosiy vositalari —korrelyatsion va regression tahlil usullari hisoblanadi. Bir qator oʻzgaruvchan omillarni (jumladan, ekin hosildorligi samarali tra yigʻindisi, koʻchatlar qalinligi, oʻgʻit normasi va boshqa tabiiy va ishlab chiqarish omillariga bogʻliq) hisobga olish zarur boʻlgan eksperimental masalalarni hal etishda statistik taxlil usuli juda koʻp omillar ichidan (turgʻun bogʻlanishlarni aniklash uchun) eng muhimini ajratib olishga imkon beradi. Baholash koʻplik regressiyasi tenglamasi yordamida bajariladi. Tajriba maʼlumotlari soni yetarli darajada koʻp boʻlgandagina natijalar aniq boʻladi. Hozirgi zamon tadqiqotlarida tanlash usuli keng qoʻllanilmoqda, uning mohiyati qisman tanlashlar xususiyatlariga qarab butunning miqdoriy tavsifini aniqlashdan iborat. Dinamik jarayonlar (muvaqqat qatorlar)ni oʻrganish, bir yoki bir necha belgilarning irsiylanishini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. Seleksiya, urugʻchilik va dehqonchilikning boshqa sohalarida matematik usullarni qoʻllash eksperiment va tajriba ishlari natijalarini nihoyatda aniqlikda asoslash va xulosalar chiqarishga imkon beradi (qarang Variatsion statistika).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |