Biologik soat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biologik soat — odam, hayvonlar va parrandalarning vaqtni his qilish (moʻljallay olish) qobiliyati. Hujayralarda yuz beradigan fizikkimyoviy va fiziologik jarayonlarning qatʼiy davriyligi, yaʼni biologik marom (surʼat)ga asoslangan. Organizmdagi davriy oʻzgarishlar maromi tabiatdagi tabiiy tanlash jarayoni tufayli irsiy jihatdan avloddanavlodga oʻtadi va geofizik omillarning siklik oʻzgarishlariga bogʻliq boʻladi. "Biologik soat " ayniqsa hayvonlar va parrandalarda yaqqol namoyon boʻladi. Maye, kech tushishi bilan podadagi mollar uylariga qayta boshlaydi, qoʻnlar bogʻliqturgan boʻlsa, uyi tomonga qarab maʼrayveradi, tovuqlar har kuni bir vaqtda qoʻnoqlariga chiqadi va h. k. Ainiqsa, qushlarda "Biologik soat " hissi juda nozik boʻladi. Masalan, Quyosh botishi bilanoq chumchuqlar chirqillay boshlaydy, Buni roʻza kunlari har kuni ogʻiz ochishni kutib oʻtirgan paytda kuzatish mumkin. Odamda ham "Biologik soat " qobiliyati anchamuncha taraqqiy etgan boʻladi. Masalan, ishga barvaqt boradigan odam uygʻotgichsoat boʻlmasa ham oʻz-oʻzidan har kuni bir vaqgda turadi. Pekin odamda bu xususiyat uning charchaganlik darajasiga boglits boʻlishi, yaʼni kun boʻyi charchab, kyoch yotgan odam moʻljaldagi vaqtda uygʻonol,may qolishi mumkin. Bunday holda uygʻotgichsoat ham asqotmaydi. Odam har kuni bir paytda turishi uchun bir xil vaqtda uyquga ketishi, asabi tinch boʻlishi lozim.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil