Biogelmintlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biogelmintlar (bio... va gelmintlar) — oraliq xoʻjayin orqali rivojlanadigan parazit chuvalchanglar. Voyaga yetgan davrida definitiv (oxirgi) xoʻjayin (odam va hayvonlar) da parazitlik qiladi. Bu jihatdan ular oraliq xoʻjayinsiz rivojlanadigan geogelmintlardan farq qiladi. Masalan, qoramol tasmasimon chuvalchangi odam ichagida, uning lichinkalari — finnalari (pufakchalari) esa mol goʻshti (muskullari)da rivojlanadi. Odam finnali goʻshtni yaxshi pishirmay yeganda parazitni yuqtiradi. Turli soʻrgʻichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar, ayrim toʻgarak chuvalchanglar B. hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil