Bingʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BINGʻOZI — Liviyadagi shahar va port, Oʻrta dengizning Sidra qoʻltigʻidagi qoyali burunning jan. chekkasida joylashgan. Aholisi 446 ming kishi (1988). Xalqaro aeroport bor. B.ni miloddan avvalgi 446 yilda yunonlar Yevxosperdes, rimliklar Berenike, oʻrta asrlarda Bernik deb atagan. 1450 yilda arablar egallab, uni avliyo Sidi bin Gʻoziy nomi bilan B. deb atay boshladi. 1517 — 1911 yillarda B. Usmonli turklar saltanati tarkibida boʻldi. 1911 yil okt.da Italiya qoʻshinlari egalladi va 1942 yilgacha Italiyaning Shim. Afrikadagi harbiydengiz bazasi boʻlib turdi. 2-jahon urushi davrida shahar qattiq shikastlandi. 1942 yildan Britaniyaning harbiy maʼmuriyati markazi boʻlgan. 1949 yilda Liviyaning Kirenaika viloyatining markaziga aylantirildi. 1951 yildek.da Liviya podsholigining ikkinchi poytaxti deb eʼlon qilindi. Shundan buyen B. Tripoli shahri bilan navbatmanavbat ikki yildan teng huquqli poytaxt boʻlib turdi. B.da 1969 yil 1 sentabrgacha podsho qarorgohi boʻlgan.

B.da Tripolidagi chet el vakolatdenalari va missiyalarining filiallari bor. B. kattaligi va eksport va import hajmi jihatidan mamlakatda Tripoli shahridan keyin turadi (chetga teri xom ashyosi, jun chikariladi). Liviyaning Tripoli — Tobruk avtomobil yoʻlidagi muhim savdo va sanoat markazlaridan. B. dengiz, havo, avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning ichki r-nlari va xorijiy mamlakatlar bilan bogʻlangan. Metallurgiya, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Sement va asfalt zavodlari bor. Zaytun moyi, meva suvlari, konserva va boshqa mahsu/yutlar ishlab chiqariladi. Dengizdan budut (dengiz hayvoni) va baliq ovlanadi. B. yaqinidan tuz qazib olinadi. B.da Liviya unti, kollejlar, ilmiy, madaniy markazlar, dam olish va turistik majmualar, muzey, kinoteatr, mehmonxona, kutubxonalar bor. Kurort shahar. B.ning koʻhna qismida meʼmoriy yodgorliklardan Jome ulKabir masjidi (16-asr) va boshqa saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil