Bili ko‘li

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bili ko`li
43°2′44.34″N 70°42′32.98″E / 43.0456500°N 70.7091611°E / 43.0456500; 70.7091611 G OKoordinatalari: 43°2′44.34″N 70°42′32.98″E / 43.0456500°N 70.7091611°E / 43.0456500; 70.7091611 G O
Bili ko‘lining yuqoridan olingan surati.
Bili ko‘lining yuqoridan olingan surati.
Yuzasi85 (33 mil) km²
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi18 (11 mil) km
Eng katta chuqurligi8 m

Bili koʻli (qozoqcha: Билікөл; ruscha: Биликоль) – Qozogʻistonning Jambil viloyatida joylashgan chuchuk suvli koʻl[1].

Bili koʻli Taraz shahridan 70 kilometr (43 milya) shimoliy-gʻarbda joylashgan. Ushbu koʻlning suv manbaidan yaqin atrofdagi mahalliy aholi ekinlarni sugʻorish uchun foydalanadilar[2][3].

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bili koʻlining yuqoridan olingan suratidan koʻrinadiki, koʻl qum soatini eslatuvchi shaklga ega. Bili koʻli Qoratov togʻlarining shimoliy yon bagʻiridagi tektonik chuqurlikda joylashgan boʻlib, Talas suv havzasining bir qismi hisoblanadi. Bundan tashqari Oso daryosi ham koʻl orqali oqib oʻtadi va unga sharqdan quyiladi va shimoldan oqib chiqadi. Bili koʻli qirgʻoqlarining baʼzi joylari qumlikdan iborat[2]. Oqkoʻl koʻli Bili koʻl yaqinida joylashgan. Ushbu ikki koʻl orasidagi masofa 40 km (25 milya) ni tashkil qiladi[2][3].

Flora[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bili koʻlining aksariyat qirgʻogʻlari qamishzorlardan iborat. Koʻlda uchraydigan asosiy baliq turlari – sazan, karp, amur va boshqalar[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „K-42 Topographic Chart (in Russian)“. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Google Earth
  3. 3,0 3,1 3,2 Kazakhstan National encyclopedia / Chief editor A. Nysanbayev – Almaty, „Kazakh encyclopedia“ General editor, 1998, ISBN 5-89800-123-9 , Volume II