Bikaner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Bikaner — Hindistonning shim.gʻarbiy chekkasidagi shahar, Rajastxon shtatida, Tar chulida. Aholisi 415 ming kishi (1991). Temir yoʻl tuguni. Savdo markazi. Kimyo sanoati rivojlangan. Kichikroq elektrotexnika va mexanika korxonalari bor. B. yaqinidan fosfor, asbest, gips olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qoʻlda gilam, jun roʻmol toʻqiladi, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, fil suyagidan turli badiiy buyumlar yasaladi. B.ga 1488-yilda asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil