Bik gʻoʻzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bik gʻoʻzasi
Comprehensive catalogue of Queensland plants, both indigenous and naturalised. To which are added, where known, the aboriginal and other vernacular names; with numerous illustrations, and copious (14802616423).jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binomial nomi
Gossypium bickii

BIK GʻOʻZASI (Gossypium bickii Proch.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi S4, xromosomalari soni 2p=26. Birinchi marta ingliz olimi L. Beyli taʼriflab bergan (1910). 1964 yildan oʻrganilmoqda. Shim. Avstraliyaning ayrim shtatlarida tarqalgan. B.g . past boʻyli buta, oʻsuv shoxlari koʻp, zich tutamtutam tuklar bilan qoplangan. Hosil shoxlari kalta, 2—3 boʻgʻimli. Poyasi ingichka, yer"bagirlab usadi. Gullari mayda, naysimon, gulbargi och binafsha rangli, asosida toʻq olcha rang qizgʻish dogʻi bor. Koʻsaklari mayda, uzunchoqtuxumsimon, sayoz chuqurchalari bor. 3 — 4 chanoqli. Har bir chanogʻida 2 — 4 tadan mayda mallayashil tuklar (uz. 4 mm) bilan qoplangan chigiti bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil