Bidun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bidun — Buxoroni idora qilgan buxorxudotlardan biri (?-673). Buxoro arki va shahar atrofidagi devorlarni qayta tiklatgan. Rivoyatlarga koʻra, B. binokorning nomini temir taxtaga oʻyib yozdirib, uni saroy darvozasiga qoqib qoʻyishni buyurgan. Yana oʻsha rivoyatga koʻra, saroy tez orada qulab tushgan va uni qayta tiklashga har qancha urinilgan boʻlsaham, lekin binoni qurib bitkaza olmaganlar. Shundan soʻng B. olimlarni tuplab, ularning maslahati bilan saroy (koh)ni Yetti ogʻayni yulduzi shaklida yetti tosh ustunli qilib, yana yangidan qurgan. Bu safar saroy binosi mustahkam oʻrnashib, uzoq vaqt turib qolgan. Ubaydulloh ibn Ziyod boshliq arab qoʻshinlari Buxoroga hujum qilishi (673 yil)dan sal oldin vafot etgan. Undan soʻng Buxoroda uning xotini Xotun oʻgʻli Tug'shoda voyaga yetguncha hukmronlik qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.