Bidstrup Xerluf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BIDSTRUP (Bidstrup) Xerluf (1912.10.9, Berlin — 1988.26.12) — daniyalik karikaturachi rassom. Kopengagen BAda tahsil koʻrgan (1931 — 35). Maishiy mavzudagi satirik va yumoristik rasmlar, 1940 yildan siyosiy karikaturalar muallifi. Turkum rasmlari Daniya va chet mamlakatlarda (jumladan rus tilida) alohida albom tarzida bir necha marta nashr etilgan. Chet mamlakatlarga qilgan safarlari asosida rasmlar turkumini yaratgan. Jumladan, Oʻzbekiston (Samarqand va Buxoro yodgorliklari)ga oid varakalar, Toshkent zilzilasiga bagʻishlangan rasmlari bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil