Bichish mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bichish mashinasi — tikuvchilik korxonalarida gazlama bichish uchun moʻljallangan qurilma. Kiyimlarni yakka tartibda tikish korxonalari (atelyelar)da gazlama bir qavatli qilib bichiladi. Yirik tikuvchilik korxonalarida esa toʻshama (yaʼni bir necha qavat, mas, 40–160 mm balandlikdagi toʻshama) holida bichiladi. Gazlama toʻshamalari qoʻlda suriladigan Bichish mashinasi yordamida qirqiladi. U asosan elektr dvigatel, krivoshipshatunli mexanizm, pichoq va dvigatelni koʻtarib turuvchi ustundan iborat (rasmga q.) Bichiqchilar toʻshamaning eng yuqorisidagi gazlama sirtiga andaza (lekalo) yordamida boʻr bilan bichiq qiyofasini chizib olishadi. Bichish mashinasi pichogʻi shu chiziqlar boʻylab yuritilib, gazlama qirqib chiqiladi. Bichish mashinasi ning bir necha xili va rusumi mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Isayev V. V., Tikuvchilik korxonalarining jixozlari, T., 1986.