Bibliografiyashunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodi va uni tashkil etish masalalarini oʻrganadigan va ishlab chiqadigan fan sohasi. B. termini dastlab 18-asrda Gʻarbiy Yevropada paydo boʻlgan, 20-asr oʻrtalariga qadar turlicha talqin etilgan, 20-asr 70- yillaridan aniq ilmiy izohga ega boʻldi. B.ning 4 tarkibiy boʻlimi mavjud: nazariyasi, tarixi, metodi,tashkiliy boʻlimi. B.nazariyasi bibliografiya moxiyati va ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi, metodlarini takomillashtiradi, uning tasnifi va atamalarini ishlab chiqadi. B. tarixi bibliografiyaning tadrijiy rivojini yaxlit holda va uning alohida turlari va sohalarini, bibliograflar faoliyati va h.k. ni oʻrganadi.

B. metodi bibliografik ishda qoʻllaniladigan kridalarni ishlab chiqadi, eng yangi metod va texnika vositalarini bibliografik qoʻllanmalar tuzish va bibliografiya xizmati koʻrsatishga tatbiq etadi. B.ning tashkiliy boʻlimi vazifasi mamlakatda bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashni takomillashtirish, muvofiklashtirish, bibliograf mehnatini ilmiy tashkil etishdan iborat. Oʻzbekistonda B. masalalari dastlab 20—30- yillarda Ye. K. Betger asarlarida oʻz ifodasini topdi. Keyinchalik B.ning umumiy masalalari, tarkibiy boʻlimlari M. M. Turopov, Sh.M. Shamsiyev, N.P.Lyapustina, H.Mamatraimova va boshqalarning ilmiy ishlarida nazariy jihatdan oʻz aksini topdi.

Hamraxon Mamatraimova.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil