Kontent qismiga oʻtish

Beysbol formasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻn toʻqqizinchi asrdagi beysbol jamoasi oʻz sport formasi bilan
Fairplay, Colorado baseball team in uniforms, 1899.
Fairplay, Colorado beysbol jamoasi sport formasida, 1899-yil

Beysbol formasi beysbol oʻyinchilari, murabbiylar va menejerlar tomonidan kiyiladigan forma turidir. Koʻpgina beysbol formalarida ularni kiygan oʻyinchilarning ismlari va forma raqamlari mavjud, bu esa odatda oʻyinchilarni bir-biridan farqlash uchun formaning orqa qismida yozilgan boʻladi. Beysbol koʻylaklari (maykalar), shimlar, oyoq kiyimlar, paypoqlar, bosh kiyimlar va qoʻlqoplar beysbol formasining bir qismi hisoblanadi. Koʻpgina formalarda oʻyinchilar, rasmiy insonlar va tomoshabinlarga 2 ta jamoani bir-biridan ajratib tanib olishga yordam beruvchi turli xil logotiplar va ranglar mavjud.

Beysbol formasini birinchi marta 1849-yilda New York Knickerbockers Baseball Club jamoasi kiygan.[1] Bugungi kunda beysbol formalari ishlab chiqarish va ularni sotish orqali Oliy liga jamoalari katta miqdorda daromad qilmoqda

Dastlabki kelish chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Philadelphia Athletics jamoasi 1874-yilda beysbol formasini bilan

Nyu-York Knickerbockers jamoasi 1849-yil 4-aprelda koʻk jundan tikilgan shim, oq flanel koʻylaklar va somon shlyapalardan iborat formada maydonga oʻyinga tushgan birinchi beysbol jamoasi edi.[2][3] Tez orada maxsus beysbol formasini kiyish amaliyoti keng tarqaldi va 1900-yilga kelib barcha asosiy Beysbol Ligasi jamoalari bu amaliyotga moslashdi.[4] 1882-yilda formalarning asosiy qismi oyoqdan tizzagacha boʻlgan paypoqlarni oʻz ichiga olgan va bu bir jamoani boshqasidan ajratib olish maqsadida foydalanilgan. Formalarning oʻzi esa beysbol pozitsiyalarini aks ettiruvchi turli xil ranglar va belgilarga ega edi.[5] 1880-yillarning oxirlariga kelib National Leauge ning Detroit Wolveriness,Washington Nationals va American Association ning Brooklyn Bridegrooms jamoalari birinchi boʻlib chiziqli forma kiyishni boshlab berishdi.[6]

Oʻz uyida va safarda kiyiladigan formalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-asrning oxirlariga kelib, jamoalarda ikki xil beysbol formasi bor edi, birini oʻzlarining beysbol stadionidalarida oʻynaganda, boshqasini esa safarda oʻynaganda kiyardilar. Oʻz uylarida oq rangli, safarda esa kulrang, toʻq koʻk yoki qora rangli forma kiyish odatiy holga aylangan edi.[7] Bunga 1907-yilda safar formasi uchun koʻk belgidan foydalanishni boshlagan Brooklyn Superbas jamoasi misol boʻla oladi.

Jeff Tesreau, New York Giants ning chiziqli beysbol formasini kiyib turgan beysbol oʻyinchisi, taxminan 1912–18-yillar
Oakland Athletics norasmiy beysbol kepkasi.

Kepkalar yoki boshqa turdagi koʻzni soya qilib turuvchi bosh kiyimlar oldindan beysbol formalaring bir qismi boʻlib kelgan.[8][9]

1840-yillardan 1870-yillargacha beysbolchilar har xil turdagi shlyapalar kiyib yurishar yoki baʼzida bosh kiyimsiz ham yurishar edi, chunki bosh kiyim kiyish haqida hech qanday rasmiy qoida yoʻq edi.[10] Masalan, boating caps, jockey caps, cycling caps va ustki tomoni tekis va qirrali boʻlgan straw hats shular jumlasidan edi.[11]

Brooklyn Excelsiors jamoasi 1860-yillarda oʻziga xos yumaloq tepali, zamonaviy beysbol qalpoqchasini kiygan birinchi jamoa edi.[12][13] Yigirmanchi asrning boshlariga kelib, bu turdagi qalpoqlar keng tarqalgan edi, biroq New York Giants jamoasi 1916-yilda va Pittsburgh Pirates jamoasi 1979-yilda ustki tomoni tekis boʻlgan bosh kiyimni qayta tiklashga harakat qilishdi.[14] Vaqt oʻtishi bilan oʻyinchining koʻzlarini quyosh nuridan himoya qilish uchun bosh kiyim oldi tomoni biroz kattalashtirilgan.[15] Soʻnggi paytlarda esa, oʻyinchilar sovuq havoda quloqlarni yopib turadigan bosh kiyimlar kiyishgan.

  1. „Evolution of Baseball Equipment: The Uniform“. 19th Century Baseball. Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  2. „Evolution of Baseball Equipment: The Uniform“. 19th Century Baseball. Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  3. „National Baseball Hall of Fame – A History of the Baseball Uniform – Introduction“. National Baseball Hall of Fame. 2008-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-iyun.
  4. „Baseball Uniforms of the 20th Century by Baseball Almanac“. Baseball Almanac. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-may.
  5. „National Baseball Hall of Fame – Dressed to the Nines – Timeline“. National Baseball Hall of Fame. 2008-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-may.
  6. „National Baseball Hall of Fame – Dressed to the Nines – Uniform Database“. National Baseball Hall of Fame. 2008-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-may.
  7. „Baseball Uniforms of the 20th Century by Baseball Almanac“. Baseball Almanac. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-may.
  8. Atkin. „A short history of the baseball cap“. The Christian Science Monitor. Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  9. „Happy 50th, baseball caps“. BBC News (2004-yil 27-aprel). Qaraldi: 2008-yil 2-may.
  10. „Celebrating the rich history of baseball caps“. mlb.com. Qaraldi: 2008-yil 29-iyun.
  11. Atkin. „A short history of the baseball cap“. The Christian Science Monitor. Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  12. Atkin. „A short history of the baseball cap“. The Christian Science Monitor. Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  13. DiMeglio, Steve. „Baseball cap has endured generations as the all-American hat“. USA TODAY (2006-yil 27-iyul). Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  14. „Baseball Uniforms of the 20th Century by Baseball Almanac“. Baseball Almanac. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-may.
  15. „History of baseball caps and how it is made“. madehow.com. 2008-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-iyun.