Beyli Frederik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Beyli Frederik (? — 1967) — ingliz josusi, polkovnik. 1918 yil avg . da Hindiston va Qashqar orqali Toshkentga kelgan diplomatik missiyaning rah-bari. Diplomatlar safida kapitan Blekker va Angliyaning Qashqardagi konsuli Makkartney ham bor edi. Ular Toshkentdagi AQSH konsuli R. Tredu-ell bilan hamkorlikda Oktyabr toʻntari-shiga qarshi ishlar olib borgan. B. Toshkentda Junkovskiy boshchilik qilgan maxfiy "Turkiston harbiy tashkiloti" bilan yaqin aloqada boʻlib, Toshkent, Samarqand, Fargʻonada sovetlarga qarshi qoʻzgʻolonlar uyushtirish, Fargʻona va Xorazmda milliy istiqpolchilik harakatini kuchaytirish rejalarini tuzishda qatnashdi, istiqlolchilarga Angliyaning Qashqardagi konsulxonasi orqali qurol-yarogʻ va boshqa yordam yetkazib berishda katta rol oʻynadi. "Turkiston harbiy tashkiloti" fosh qilingach (1918 yil okt.), Turkistondagi ingliz-amerika josuslari qamoqqa olindi. B. esa Buxoro orqali chet elga oʻtib ketdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil