Beverly (Massachusetts)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beverly
Shahar
Beverly Main Post Office, Beverly, MA.jpg
42°33′30″N 70°52′48″W / 42.55833°N 70.88000°W / 42.55833; -70.88000 G OKoordinatalari: 42°33′30″N 70°52′48″W / 42.55833°N 70.88000°W / 42.55833; -70.88000 G O
Mamlakat AQSh
Asos solingan 1626-yil
Maydon 22.59 km2 (8.72 mi²)
Rasmiy til(lar)i Ingliz tili
Aholisi
 (2020)
42 670
Zichligi 2827.70 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC-5
Pochta indeks(lar)i 01915
GNIS xususiyati identifikatori 0614200
Beverly xaritada
Red pog.png

Beverly (talaffuzi: Beverli) — Massachusets shtatining Essex okrugidagi shahar va Boston shahri chekkasida joylashgan. 2020-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish vaqtida aholi soni 42 670 kishini tashkil qiladi[1][2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosiga koʻra, shaharning umumiy maydoni 22.6 kvadrat mil (58.5 km2) ni tashkil qiladi, shundan 15.1 kvadrat mil (39.1 km2) quruqlik va 7.5 kvadrat mil (19.4 km2) yoki 33,19% suvdan iborat[3]. Beverly Shimoliy qirgʻoqda joylashgan.

Janubda Massachusets koʻrfazidan tashqari Beverly sharqda Manchester-by-the-sea, shimolda Wenham, gʻarbda Danvers va janubda Salem bilan chegaradosh. Beverly va Salemni Danvers daryosi va Beverly bandargohi ajratib turadi, MBTA temir yoʻl koʻprigi va Kernvud koʻprigi ikkita shaharni bogʻlaydi. Beverly shahar markazi 2 milya (3 km) Salemdan shimolda va 14 milya (23 km) Glosterdan janubiy-gʻarbiy va 17 milya (27 km) Bostondan shimoli-sharqda joylashgan.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 42 670 kishi va 16 568 xonadon mavjud boʻlgan. Shaharning irqiy tarkibi 90,3% oq tanli, 3% afro-amerikalik, 0,1% tubjoy amerikalik, 2,3% osiyolik, 0,0% Tinch okeani orollari va 3,1% ikki yoki undan ortiq irqlardan iborat. Aholining 5,4 foizi ispan yoki lotin millatiga mansub.

Shaharda 16 158 ta xonadon bor.

Aholining 19 foizini 18 yoshgacha, 81 foizini esa 18 yoshdan kattalar tashkil etadi. 17,7 foizini 65 yosh va undan kattalar tashkil etdi. Aholining oʻrtacha yoshi 40,6 yoshni tashkil etadi. Shaharda har 100 ayolga 88,4 erkak toʻgʻri keladi.

Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 84 354 dollarni tashkil etdi. Shaharning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadi 47,494 dollarni tashkil qilgan[4].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda beshta K-4 boshlangʻich maktablari mavjud: Ayers Ryal Side, Centerville, Cove, Hannah, and North Beverly. Shahardagi yagona oʻrta maktab — 2018-yilda qurilishi tugagan Beverly oʻrta maktabi. Beverly oʻrta maktabi 5-8-sinflarlardagi bolalaga taʼlim beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Census - Geography Profile: Beverly city, Massachusetts“. United States Census Bureau. Qaraldi: 18-sentabr 2021-yil.
  2. „Hometown Rivalries Debate the Birthplace of the U.S. Navy“ (20-oktabr 2010-yil).
  3. „Geographic Identifiers: 2010 Demographic Profile Data (G001): Beverly city, Massachusetts“. United States Census Bureau. Qaraldi: 30-avgust 2012-yil.
  4. „Beverly city, Massachusetts“. data.census.gov. United States Census Bureau. Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.