Betonqorgich
Qiyofa
Betonqorgich — sement, qum, shagal va chaqiq toshni mexanik usulda aralashtirib va bu aralashmani suv bilan qorib beton qorishmasi tayyorlovchi qurilma. Asosiy ish qismi elektr dvigateli aylantiradigan aralashtirish barabani. B. muqim (statsionar) va koʻchma xillarga boʻlinadi. Muqim B. beton zavodlari va qurilishlarda ishlatiladi. Kuchma B.dan kichik hajmli ishlar uchun foydalaniladi. Ish tarziga koʻra, vaqtivaqti bilan ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan xillarga; qorishma tayyorlash usuliga koʻra, gravitatsion va majburiy aralashtiradigan xillarga bulinadi. Avtomobil shassisiga oʻrnatilgan B. avtobetonqorgich deyiladi. Bunday B. betonii yoʻlyoʻlakay aralashtirib ketaveradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |