Beton yotqizgich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Beton yotqizgich (melioratsiyada)—kanal tubi, nishablari va kirgʻoqlari, damba usti va boshqa joylarga beton qrrishmasini yoyish, tekislash va zichlash uchun muljallangan mashina. Melioratsiya Beton yotqizgichlari bunkerli va bunkersiz boʻladi; vazifasiga koʻra toʻliqmas profilli (bir utishda nishablarning oʻzini yoki kanal tubining bir qismi bilan nishablarni betonlaydigan) hamda toʻliq profilli (bir oʻtishda kanalning ham tubini, ham nishablarini betonlaydigan); yurish jihozining xiliga koʻra kanal tubi va qirgʻoklariga yotqizilgan relyelarda harakatlanadigan; kanal tubi va nishablari sirtidagi sirpanma tayanch sirtlar buylab sirpanadigan (sirpanma qoliplar); zanjirli, uziyurar, tirkama vakanat tortqili (lebyodka yordamida harakatlanadigan) xillarga boʻlinadi. Bunkerli Beton yotqizgich betonni kundalangiga yotqizadigan (pozitsion ishlaydigan) hamda boʻylamasiga (harakatlana turib) yotqizadigan xillarga boʻlinadi. Birinchisida Beton yotqizgich kanal boʻylab harakatlanib, beton qorishmasi olish uchun toʻxtaydi va ish organi kanal oʻqiga perpendikulyar tekislikda harakatlanayotganda beton qorishmasini yotqizadi. Ikkinchisida mashina kanal boʻylab harakatlanayotgan vaqtda beton yotqizadi, bunkeriga beton qorishmasini olish uchun toʻxtaydi yoki yurib ketayotganda ham beton olaveradi. Ish unumdorligi — 30 m3Gʻsoatgacha, harakatlanish tezligi— 92 m/soatgacha.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil