Betaterapiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Betaterapiya — betazarralaraan davo maqsadida foydalanish, nur bilan davolash usullaridan biri; kasallangan aʼzoga yuborilgan radioaktiv izotopning beta nurlanish taʼsiriga asoslanadi. Betaterapiya ning applikatsion (teri va shilliq qavatlar, koʻz oqi va muguz qavatining yalligʻlanish kasalliklari, yuza joylashgan xavfli va xavfeiz oʻsmalarda), boʻshliq orasiga (plevra va qorin sohasidagi oʻsmalar, shuningdek meʼda, yoʻgʻon hamda ingichka ichak, tuxumdon va boshqa sohadagi operatsiya asoratlarining oldini olishda), toʻqimalar orasiga (xavfli melanomalar hamda limfa bezlariiing operatsiya qilib boʻlmaydigan metastazlari, rak qaytalanishi va boshqa onkologik kasalliklarda) oʻtkaziladigan xillari bor. Radioaktiv izotop ichga ham qoʻllaniladi, bunda u ayrim aʼzolar (mas, qalqonsimon bez, taloq, koʻmik va boshqalar) va toʻqimalar orqali qonga soʻriladi; tireotoksikoz, qalqonsimon bez raki va metastazlari, ayrim kon kasalliklarini davolashda uning ana shu xususiyatiga asoslaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil