Bessel Fridrix Vilgelm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bessel Fridrix Vilgelm (1784.22.7, Minden, Germaniya — 1846.17.3, Kenigsberg)—nemis astronomi, geodezisti va matematigi. Astrometriya asoschilaridan biri. U 20 yoshligidayoq Gapley kometasi orbitasini hisoblab chiqdi. B. rahbarligida Kenigsberg untida rasadxona qurildi; u umrining oxirigacha shu rasadxona direktori boʻlib ishladi. B.ning astrometrik oʻlchashlar sohasidagi birinchi katta ishi 17-asr 40—50- yillari ingliz astronomi J. Bradleyning yulduzlar jadvalini tuzish uchun bajargan kuzatish natijalarini qayta ishlashga bagʻishlandi va u 1818 yilda "Astronomiya asoslari" nomi bilan chop etildi. B. 1821—33 yillarda Reyxenbax meredian doirasida 75000 yulduz oʻrnini yuqori aniklikda oʻlchadi va "Kenigsberg jadvallari"ni tuzdi. B. birinchilar qatorida yulduzlar parallakttl, shu bilan birga, ulargacha boʻlgan masofalarni aniklzdi. U Sirius va Protsion yulduzlarini bir necha yil kuzatib, bu yulduzlarning yoʻldoshlari bor, deb faraz qildi. Uning taxminlari keyinchalik tasdiqlandi: 1862 yilda Siriusning , 1896 yilda Protsionning yoʻldoshi borligi aniqlandi. B. 1831—41 yillarda rus olimi I. Ya. Bayer bilan birgalikda Sharqiy Prussiyada trangulyatsiya ishlarini bajarib, meridianning bir darajasi uzunligini oʻlchab Yer sferoidi elementini aniqladi. Bu element geodeziyada 100 yilga yaqin ishlatildi va Bessel elementi deb ataldi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil