Besim Atalay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Besim Atalay (1882, Koʻtohiya viloyati Ushoq qishlogʻi—1965.7.11, Anqara)—turk adibi va olimi, professor "Turk tili jamiyati"ning asoschilaridan biri. U ilmiypedagogik ishlar bilan birga hikoyalar, sheʼriy va dramatik asarlar yozgan. B. A. usmonli turk tili tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi, sintaksisiga oid kitoblar yozgan. Usmonli turk xalqi ogʻzaki ijodi namunalarini nashr ettirgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarini arab tilidan turk tiliga tarjima qilgan (1939—43). "Qurʼon tarjimasi"ni (1960) nashr ettirgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil