Beshyogʻoch mahallasi
Beshyogʻoch Beshyogʻoch mahallasi | |
|---|---|
| Mahalla | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Shahar | Toshkent |
| Tuman | Chilonzor |
| Avvalgi nomlari | Gulobod mahallasi |
| Aholisi (2009-yil) |
1 450 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 (71) |
| Pochta indeks(lar)i | 700066 |
| Avtomobil kodi | 01 |
Beshyogʻoch mahallasi (Olmazor berk koʻchasi, 1) – Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Tumandagi Katta Olmazor, I-Charxi Kamolon, Shayxontohur tumanining Kamolon Darvoza, Kamolon, Yangi Kamolon, Chaqar, Olmazor, Oʻqchi, Yakkasaroy tumanining Yunus Rajabiy, Rakatboshi mahallalari bilan chegaradosh. 2007-yil 2-avgustgacha Gulobod nomi bilan yuritilgan. Mahalla hududida shaharning Beshyogʻoch darvozasi boʻlgan. Aholisi 1 450 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 23 ta turli tashkilotlar, jumladan, Beshyogʻoch pivo ochiq aksiyadorlik jamiyati, Beshyogʻoch bozori, Respublika taʼlim markazi, Magic City, Oʻzbekiston milliy bogʻi, Adiblar xiyoboni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va boshqalar mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 118-bet.