Beshqiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beshqiz — Surxondaryo viloyatidagi togʻlar. SherobodSariqamish qator tepa (gryada)lari tarkibiga kiradi. Jan.gʻarbda Sherobod daryosi vodiysi va shim.sharqsa Koʻksoy vodiysi oraligʻida. Uzunligi 12 km, eng baland joyi 956 m, chekkalarida 550–600 m gacha pasayadi. Jan.sharqiy yon bagʻirlari ancha tikroq va kambar, yuqori paleogenning ohaktoshlaridan tuzilgan. Shim.gʻarbiy yon bagʻirlari yuqori boʻr davrining qumtosh, alevrolit, ohaktoshlari va gipedan tashkil topgan. Paleogenning qattiq ohaktoshlari (buxoro yarusi) tik yon bagʻirlar hosil qilgan (Qangli tizmasi). Yon bagʻirlarni kesib oʻtgan quruq soylarda tor daralar (Qopchigʻay darasi va boshqalar) mavjud. Erta bahorda jala yoqqan paytlarda muvaqqat oqimlar vujudga keladi. Nurash qobigʻi boʻlgan joylarda toʻq boʻz tuproqlar tarkib topgan, ular asosan dagʻal mexanik tarkibga ega. Yon bagʻirlarda qoʻngʻirbosh, iloq, efemeroidlar, ular bilan birga togʻ shuvogʻi, biyurgʻun, shoʻra, gulxayri, oqquray oʻsadi. Bahor va kuzda yaylov sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil