Beshkapa (Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beshkapa — Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi aholi punkti nomi[1]. Tarkibi ikki qismdan iborat: besh+kapa. Kapa „vaqtincha yashash uchun daraxt shoxlari va yirik oʻt-oʻlanlar bilan oʻrab quriladigan xona, yozlik uy; chayla“ maʼnosida qoʻllanadi. Beshkapa — kech bahor, yoz va erta kuzda yashash uchun qilingan vaqtinchalik boshpanalar koʻp qilingan joyda bunyod etilgan qishloq[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52 bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 115 bet.