Kontent qismiga oʻtish

Besharchasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Besharchasoy — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi soy. Molguzar togʻlarining shim.sharqiy yon bagʻridan (Ingichka dovonidan 1 km sharqda) boshlanadi. Uzunligi 10 km boʻlib, ikkita irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Besharchasoy qor, yomgʻir hamda buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahor va yoz boshlarida sersuv, baʼzan sel keladi. Qolgan paytlarida esa Besharchasoy Achchisoyga stmasdan qurib qoladi. Besharchasoydan chorva mollarini va qisman ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil