Besh kunlik ish haftasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Besh kunlik ish haftasi — xodimlar uchun belgilangan ish haftasi turlaridan biri. U besh kun ish va uzluksiz ikki kun dam olish olishga ajratiladi. Korxonada ish beruvchi va xodimlar vakillik organi oʻzaro kelishuvi bilan joriy etiladi va ichki mehnat tartibi qoidalarida mustahkamlab qoʻyiladi.

Xodimlarni xaftalik dam olish kunlarida ishga jalb etishga alohida hollardan tashqari yoʻl qoʻyilmaydi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi